Internet tarmog‘ida «Yunusobodda masjidlardan birida bo‘lgan holat ekan» sarlavhali video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 26 noyabr kuni Yunusobod tumanida o‘tkazilgan juma namozi davomida imom-xatib bir yigit Islomni qabul qilib, musulmon bo‘lmoqchi ekanligini ma’lum qiladi.
So‘ng yigitga so‘z berilgan. U jamoatga rus tilida murojaat qiladi. Ko‘pchilik uning so‘zlarini to‘g‘ri tushunadi, ammo bir erkak holatga norozilik bildirishni boshlaydi. Masjiddagi ayrim kishilar uni ko‘chaga olib chiqadilar.
«Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs – 41 yoshli A. ismli fuqaro bo‘lib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida hisobda turar ekan. Keyinchalik u tibbiyot muassasasiga davolanish uchun joylashtirildi», deyiladi IIBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...