Foto: Marie Claire
Ko‘p miqdorda shakar, trans yog‘lari va kimyoviy qo‘shimchalar ham bolalar uchun mo‘ljallangan aksariyat oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi.
Bolaning tanasi deyarli har qanday oziq-ovqatni hech qanday muammosiz moslashtirish uchun ajoyib xususiyatga ega, degan qarash mavjud. Lekin aslida bunday emas. Kelajakda sog‘liq borasidagi muammolarning oldini olish uchun ota-onalar bolaning ovqatlanishini to‘g‘ri rejalashtirishi kerak. Bundan tashqari, bolalarga yoqadigan ba’zi mahsulotlar qisqa muddatda o‘sib borayotgan organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘pgina tadqiqotchilar shakarni ko‘p iste’mol qilish va bolalarda ikkinchi toifa diabet kasalligining ortib borishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’kidlaydi. Shuningdek, shifokorlar, bolalarda semirishning ko‘payishidan jiddiy xavotirda. Ammo bu muammolarning aksariyatini qiyinchiliksiz bartaraf etish mumkin. Buning uchun quyidagi ovqatlarni bolalar ratsionidan chiqarib tashlash kifoya.
Sharbat
Sharbatlar bolaning tanasi uchun foydali, degan keng tarqalgan fikr noto‘g‘ri. «Bolalar uchun» deb yozilgan rangli qadoqlash osonlikcha chalg‘itishi mumkin, aslida esa bunday sharbatlarda shakar juda ko‘p. Hatto «yangi siqilgan» deb nomlanuvchi sharbatlar ham o‘z ta’mini yo‘qotadigan jarayondan o‘tadi. Ushbu ichimliklar foydali deb sanaladi, chunki ular tarkibida ma’lum miqdorda vitamin va ozuqa moddalari bo‘lishi mumkin, ammo sharbatga qo‘shilgan shakar butun foydani yo‘qqa chiqaradi. Sharbat o‘rniga bolalarga nafaqat vitaminlar, balki sharbatlarda mavjud bo‘lmagan kletchatkani o‘z ichiga olgan mevalarni berish tavsiya etiladi.
Yogurt
Yogurt kuchli probiyotik bo‘lib, oshqozon mikroflorasini tiklaydi. Ushbu mahsulot tarkibida kalsiy, kaliy, vitamin B6 va magniy ham mavjud bo‘lib, bu bolalar uchun juda foydali. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar mazali bo‘lishi uchun yogurtlarga shakar qo‘shadi. Yogurt xarid qilishda shakar tarkibiga e’tibor berish kerak. Ikki yoshdan oshgan bolalar uchun asal ajoyib tabiiy ta’m beruvchi hisoblanadi. Bundan tashqari, yangi meva, rezavor va yong‘oqlarni qo‘shib, ta’mni yanada boyitish mumkin.
Yorma
Bir stakan yormaga ozgina sut qo‘shsa, tez va to‘yimli nonushta tayyor bo‘ladi. Ko‘pgina don ishlab chiqaruvchilar o‘zining mahsuloti bolalar uchun ajoyib ekanligini ta’kidlaydi, lekin aslida u juda ko‘p shakar va qo‘shimchalarni o‘z ichiga oladi. Ertalab meva yoki bir nechta tuxum va bug‘doy yoki jo‘xori unidan nonushta tayyorlashga vaqt ajratish tavsiya etiladi.
Tovuqli nagges
Tovuqli yeguliklar bolalar uchun sevimli taomdir. Ishlab chiqaruvchilar esa ularni haqiqiy tovuqdan tayyorlanganligini ta’kidlaydi, ammo bu gazakning asosiy kamchiliklari talaygina. Tovuq naggetslari tana uchun umuman foydali bo‘lmagan trans yog‘larining aralashmasida qovuriladi.
Agar bolalar buni chindan ham yoqtirsa, uy sharoitida ham ularni tayyorlash mumkin. Bu qiyin emas, tovuq go‘shti bo‘laklarga ajratiladi, uni bir chimdim tuz bilan ko‘pirtirilgan tuxumga, quritilgan non bilan aralashtirilgan ziravorlarga botirib olinadi. So‘ngra pechda pishiriladi.
Makaron mahsulotlari
Makaron mahsulotlarini nafaqat bolalar, balki kattalar ham sevib iste’mol qiladi. Chunki tez pishadi, arzon hamda mazali. Afsuski, bunday vaqt va moliyaviy tejash kelajakda ancha jiddiy xarajatlariga aylanishi mumkin. Gap shundaki, makaron va yarim tayyor mahsulotlarning ko‘pchiligi ftalatlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, barcha ftalatlarning aksariyati pishloq kukunida mavjud. Qolaversa, makaron mahsulotlar yuqori xolesterin va shakarga ega. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»