Ijtimoiy tarmoqda «Xodimlar avtomashina oynalarini sindirib tashladi» sarlavhasi ostida video tarqaldi.
YHXBB xabariga ko‘ra, Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatida «Xavfsiz hudud» keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida yo‘llarda sohaviy xizmatlar xodimlari hamkorligida reydlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 27 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan ichki yo‘lda YPX xodimlari tomonidan «Lacetti» rusumli avtomobil to‘xtatilgan vaqtda, haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan avtomobilning oynasi va eshiklarini qulflab oldinda turgan soha vakillarining ustiga transportni boshqargan.
Mazkur jarayonda xodimlar tomonidan maxsus vositalar qo‘llanilib, haydovchini to‘xtatish choralari ko‘rilganligiga qaramasdan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.
Hozirda YPX xodimining bildirgisi asosida bo‘ysunmay harakatlangan haydovchi yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»