Bugun, 29 noyabr kuni soat 05:05da Toshkent shahar, Sergeli tumani, Nilufar 3-tor ko‘chasida «Uzmill» MCHJ hududida ishchilar uchun joylashgan yotoqxonada havo-gaz aralashmasining chaqnashi va buning oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea joyida 43 nafar ishchi bo‘lgan, yong‘in oqibatida ulardan 18 nafari har xil turdagi kuyish tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea sodir bo‘lgan joyga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 05:08da yetib borib, yong‘in soat 05:29da qurshab olingan va soat 05:43da batamom o‘chirilgan.
Hodisa tafsilotlarini o‘rganish uchun Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Toshkent shahar FVB, IIB, SSB, Hududgaz ta’minoti rahbarlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tashkil etilgan.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, havo-gaz aralashmasining chaqnashiga gaz quvurlarining nosozligi oqibatida xonaga gaz to‘planishi sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»