12:39 / 30.11.2021
1 669

Jamoat tartibidagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati Milliy gvardiyaga ham beriladi

Jamoat tartibidagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati Milliy gvardiyaga ham beriladi
Prezident “O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Belgilanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda hamda istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

2022-2023 yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo‘linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o‘tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi.

Milliy gvardiya (R.Jo‘rayev):
  • Adliya vazirligi (R.Davletov) bilan birgalikda bir oy muddatda jamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiyaga berilishi bo‘yicha qonun loyihasini kiritadi;
  • bir oy muddatda hududlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jamoat tartibini saqlash faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2022 yilda Namangan, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi, 2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi Milliy gvardiyaning harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni kengaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritadi.

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov, B.Abdullayev):
  • Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda hududlarning kriminogen vaziyati va aholi zichligidan kelib chiqqan holda tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalarini tashkil etish me’yorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar tasdiqlangan me’yorlarga asosan mahalliy budjet hisobidan kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalarini tashkil etish choralarini ko‘radi;
  • 2022 yil 1 mayga qadar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jamoat tartibidagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati Milliy gvardiyaga ham beriladi