Foto: «Dunyo» AA
O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi J.Vaxabov «Facebook» kompaniyasi bo‘limi direktori Endi O'Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollarini muhokama qildi.
Internetda, xususan, «Facebook», «Instagram» va «WhatsApp» platformalari orqali ekstremizm va radikallashuvning oldini olish bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
O'Konnell O‘zbekistonda davlat idoralari ochiqligi va so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kompaniyasi Sh.Mirziyoyevdan mamlakatdagi «Facebook» platformasi va boshqa platformalarning uzluksiz ishlashini ta’minlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdor.
Bundan tashqari, «Facebook» AT-mutaxassislarini tayyorlashda yordam berishga tayyorligini bildirdi. O‘zbekistondagi har bir qiziquvchi talaba maxsus yaratilgan veb-sahifa orqali amaliyot o‘tash uchun ariza topshirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi