18:00 / 02.12.2021
2 192

«O‘zbekneftgaz» Ai-80 o‘rniga Ai-92 benzini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

«O‘zbekneftgaz» Ai-80 o‘rniga Ai-92 benzini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
«O‘zbekneftgaz» 2022 yildan boshlab Ai-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 o‘rniga Ai-92 benzin ishlab chiqarishga o‘tish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Ushbu reja «Gazpromneft»ga qarashli «Gazpromneft — Industrial Innovations» kompaniyasi bilan muzokaralar chog‘ida muhokama qilingan. Uchrashuv «Markaziy Osiyoning neftni qayta ishlash va neft kimyosi — 2021» 8-xalqaro konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Muloqot davomida tomonlar Rossiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan aroforming texnologiyasidan foydalanish masalalarini muhokama qilgan. Aroforming yengil benzin fraksiyalarini katalizator yordamida metanol bilan reaksiyaga kirishtirib, yuqori oktanli benzin olish imkonini beradi.

Spot’ning qayd etishicha, mazkur texnologiya yordamida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yuqori oktanli yoqilg‘i, xususan, Ai-92 benzin ishlab chiqarish kengaytiriladi. Bu Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish imkonini beradi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha «O‘zbekneftgaz» Rossiya kompaniyasi bilan bir qator shartnomalar imzolagan. Jumladan, «Gazpromneft — Industrial Innovations» ilmiy-tadqiqot markazi texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.

Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida aroformlash qurilmasini yaratish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash ham ko‘rib chiqiladi. Loyihaning taxminiy quvvati yiliga 20 ming tonna benzinni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekneftgaz» Ai-80 o‘rniga Ai-92 benzini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda