Kadr: Videodan skrinshot
Deputat Rasul Kusherbayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida qora ko‘zoynak taqqan holda qatnashdi. Palata tarixida ilk bor onlayn efirda namoyish etilgan majlisdagi ushbu holatga ko‘pchilik e’tibor qaratdi. Deputatning o‘zi «Daryo» muxbiri bilan suhbatda shu masalada unga o‘zining yaqinlari ham juda ko‘p yozganini bildirdi.
Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, u ko‘zida qizarish va shish borligi uchun majlisda qora ko‘zoynak taqib qatnashishga majbur bo‘lgan.
«Bir oycha avval ko‘zimga yara chiqqandi. Qizarish va shishlar bor. E’tibor bermay yurgandim. Hozir davolanyapman. Ko‘zoynakni ham bir haftadan buyon taqib yuribman. Uyda o‘tirib, dam olsam ham bo‘lardi. ‘Ko‘zi og‘rigani uchun ham yotib olibdi’, degan gaplar bo‘lmasin deb ishga chiqdim. Boz ustiga ish ham ko‘p», — dedi deputat.
«To‘g‘risi, o‘zimga ham ‘yig‘ilishda ham qora ko‘zoynak taqib o‘tiribsizmi?’, ‘bu hurmatsizlik hisoblanmaydimi?’, ‘krutoy bo‘lib ketibsanmi?’, deb yozganlar bo‘ldi. Yorug‘da ishlashga ozroq qiynaldim, shu bois ko‘zoynak taqishga majbur bo‘ldim. Bir-ikki kunda ko‘zoynakdan xalos bo‘laman», — deya qo‘shimcha qildi Rasul Kusherbayev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi