Foto: Harper’s Bazaar
Viruslarga qarshi kurashish uchun immunitetning mustahkam bo‘lishi muhim sanaladi. Bu borada nafaqat tashqi, balki ichki himoya ham muhimdir. Koronavirus bilan kasallanishning oldini olish uchun shifokorlar eng avvalo qo‘llarni yuvishni kanda qilmaslik, antiseptiklardan foydalanish va iloji boricha odamlar gavjum bo‘lgan yerlardan uzoq bo‘lishni tavsiya qiladi.
Ichki himoya uchun esa vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Uy sharoitida ham sog‘lik uchun foydali bo‘lgan ichimlik yoki yeguliklarni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun zanjabil, limon, apelsin, zarchava va qora murchdan foydalansangiz bo‘ladi. Nima uchun aynan mazkur mahsulotlar kerak, degan savolga esa quyida javob berib o‘tamiz.
Zanjabil — antioksidantlik va yallig‘lanishga qarshi kuchli samara beruvchi vosita ekani hisobiga viruslar bilan kurashishda ahamiyatli sanaladi.
Zarchava — ichimlikning faqatgina rangi chiroyli bo‘lishiga hissa qo‘shmaydi, balki bir qancha foydali xususiyatlarga ham ega ekani bilan o‘ziga xos sanaladi. Immunitetni mustahkamlaydi, yallig‘lanishni kamaytirib, organizmni toksinlardan tozalaydi.
Apelsin va limon — organizmdan zararli moddalarni chiqarib tashlaydi, tarkibidagi C vitamin esa immunitetni mustahkamlaydi.
Qora murch — ushbu mahsulot esa boshqa komponentlarning ta’sirini bir necha marta jadallashtirish xususiyatiga ega hisoblanadi.
Kerakli mahsulotlar:
apelsin — 1 dona;
limon — 2 dona;
zanjabil ildizi — 0,5 stakan;
zarchava — 2 choy qoshiq;
qora murch — choy qoshiq uchida;
zaytun yog‘i — 1 choy qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni
- Po‘sti artilmagan limon va apelsinni yirik bo‘laklarga bo‘lib chiqing.
- Zanjabil, zarchava va murch qo‘shing.
- Barcha mahsulotlarni blenderda aralashtiring.
- Tayyor bo‘lgan ichimlikni ikkita stakanga soling. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»