
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida 2022 yilda yangi qomus qabul qilinishini aytgandi. Yangi qomusda quyidagilar asosiy mezon bo‘ladi:
- ilgari amal qilib kelingan «davlat – jamiyat – inson» tamoyili «inson – jamiyat – davlat» deb o‘zgartiriladi;
- iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta’minlash bosh mezon bo‘ladi;
- «Jamiyat – islohotlar tashabbuskori» degan ezgu g‘oya doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomi mustahkamlanadi;
- oila institutini rivojlantirish, ezgu insoniy qadriyatlarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha konstitutsiyaviy asoslarni belgilanadi;
- yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi, huquq va burchlari o‘z aksini topadi;
- «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» degan tamoyil konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlanadi;
- inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari aks etadi;
- tabiatdagi global o‘zgarishlarni hisobga olib, ekologiyaga oid maxsus boblar kiritiladi;
- Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasi bo‘lmish bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish masalalari mustahkamlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! CtrlEnterXato topdIngizmiIborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar