
Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati
Rossiyaning «Sibir» aviakompaniyasi 7 dekabr kuni Volgograddan Farg‘onaga ilk muntazam parvozini amalga oshirdi.
Uzbekistan Airports matbuot xizmatning xabar berishicha ilk samolyot an’anaviy tarzda suv arkasi bilan tantanali kutib olindi.
Volgograd—Farg‘ona—Volgograd yo‘nalishidagi muntazam parvozlar har seshanba kunlari A320 va A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 5 oktabrdan boshlab O‘zbekistonga parvozlar sonini oshirishi to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston Transport vazirligi 2021/2022-qish mavsumi parvozlar jadvaliga muvofiq Rossiya aviakompaniyalarining O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qilgandi.
Ro‘yxatga muvofiq Rossiyaning «Sibir» — S7 Airlines aviakompaniyasi Moskvadan Samarqand, Buxoro, Urganch shaharlariga, Novosibirskdan Buxoro, Farg‘ona va Namanganga, Irkutskdan Farg‘onaga muntazam parvozlarni amalga oshirishi qayd etilgan. Endilikda muntazam qatnovlar qatoriga Volgograd—Farg‘ona—Volgograd yo‘nalishi ham qo‘shildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar