Foto: «Zen.yandex.ru»
Hech begona odamning dardini eshitib, ko‘chaning o‘rtasidaga zinada o‘tirib yig‘laganmisiz?
Bugun g‘alati kun bo‘ldi. Ishga bir oz kech qoldim, ammo efir juda zo‘r bo‘ldi, kayfiyatim a’lo edi. Yonimda qaynonam go‘shtga deb bergan pullari, qolgan pulim kartochkada.
Kel, bir mazza qilib, qahvaxonada o‘tirib, nonushta qilaman, dedim. Odatda bir o‘zim o‘tiraman. Chunki o‘zim bilan yaxshi chiqishaman. Tata mexmonxonasi bilan 6-tug‘uruq kompleksining chorrahasidan o‘tayotganimda zinada yuragini changallab o‘tirgan bir amakiga ko‘zim tushdi.
Amakining boshida to‘qilgan do‘ppi, o‘zi niqobda edi. Hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Men u kishining yoniga bordim:
– Amaki, suv olib kelib beraymi?
– Mayli, – amaki shunday deganida ko‘zidan yosh chiqdi. Men chopib borib, suv olib keldim.
Shu payt suvni olgan amaki ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Nima qilishni bilmay, xaltamdan bloknotimni oldim-da, amakining oldiga, zinaga o‘tirdim. Atrofimizdan esa odamlar o‘tib ketaverardi. Odatda odamlarning oldida xijolat bo‘lmayman, g‘alati qarashayotgan bo‘lsa, bu ularning muammosi deyman, o‘zimga o‘zim.
Shunda amaki:
– Qizim, kap-katta erkak sizning oldingizda yig‘lab o‘tirsam-a, yetmaganiga suv ham olib keldingiz.
Shunda men ham yig‘lab yubordim. Shaharning o‘rtasida zinada yig‘lab o‘tiribman, atrofdagi odamlar esa qarab-qarab o‘tib ketishadi. Qarasa qarayversin, menga baribir.
– Amaki, sizga nima bo‘ldi? – tomog‘imga bir nima tiqildi. Bilasizmi, odatda qalbdagi og‘riq mana shunday achchiq tiqiladi.
– Eh, qizim, bir necha yillar avval Rossiyada ishlab keldim, uy-joy qildim. Keyin Qozog‘istonga ketdim, u yerda ham ishladim. Oilam moddiy tomondan qiynalmasin dedim. Orzu-havaslar bilan qiz uzatdim, o‘tgan yilning boshida bir-biridan shakar nabiralarning buvasi bo‘ldim.
Ammo... Ammo sovuqda, sharoiti yo‘q joyda ishlab, yashaganim o‘zining salbiy asoratini ko‘rsatdi. Astmaga chalindim. U yerlardan kelganimdan keyin shu yerda ishlab turdim. Ammo hozir bir haftadan beri uydaman. Xotinim ko‘chaga chiqib ishlab keling, uyda o‘tirmang, deb har kuni haydaydi. 3 kundan beri esa ovqat ham bermayapti.
Yosh paytida urib, tarbiyalasam bo‘larkan.
– Unda xotiningiz battar vahshiy bo‘lib ketgan bo‘lardilar, – gapirdim men. – Chunki hayotim davomida kaltaklangan ayollarni ko‘rganman. Ularning hammasi qarigan payti erini mensimay qo‘ygan.
– To‘g‘ri, – amaki ko‘zini yerdan uzmadi.
– Qizim egizak tuqqanida onasini yordamga chaqirgandi, o‘sha yerda ham xotinim janjal chiqarib, qizimni uyga olib keldi. Hozir pampersga pul topishim kerak, – amaki ko‘z yoshlarini artib o‘ziga kela boshladi.
– Qorasuvdan piyoda kelyapman, o‘zim «svarshik»man, ish qidirib yuribman. 52 ga chiqdim. Umrim faqat mehnat bilan o‘tdi. Xotinim mensimaydi. Uyimga sig‘dirmaydi, endi unga keragim ham yo‘qdir, balki. Kecha o‘zimni Bo‘zsuvga tashlamoqchi bo‘ldim. Bir yigit maqsadimni bilib qoldi, shekilli, yugurib oldimga kelib, urishib berdi...
Erkakning yig‘lagani g‘alati bo‘ladi. Men bu holatga ko‘p guvoh bo‘lganman...
Sekin o‘rnimdan turib, qaynonam go‘shtga deb bergan pularini amakiga berdim. Amaki rosa qarshilik qildi. Shundoq ham dardini eshitganimga meni duo qilishini aytdi. Men esa qo‘ymay pulni uzatdim:
– Amaki, bu pulga mazza qilib ovqatlaning, keyin ish qidirarsiz, dedim.
Erkak... Erkak esa ko‘zida yosh va sevinch. G‘alati bo‘lib ketdim.
Keyin nima bo‘ldi deng?
Audiokitob o‘qiganim uchun bir ilovadan pul olishim kerak edi, oradan 1 daqiqa o‘tib, o‘sha pul tushdi. Yana bir reklama borasida ishlayotgan firmam xizmatim evaziga qo‘shimcha pul bermoqchiligini aytdi.
Bu qanday hodisa?
Yetmaganiga instagramdan o‘zimga yoqadigan bir idish buyurtma qilgandim. O‘shani egasi bu menga sovg‘a ekanini aytib ketdi.
Xullas, shunaqa gaplar...
Feruza Umrzoqova
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas