Yangibozor hokimi fermerlarni haqorat qilgani audiosi tarqaldi

2 daqiqa o'qish2.7K
Yangibozor hokimi fermerlarni haqorat qilgani audiosi tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tuman hokimi O‘ktamboy Qurbonov yig‘ilishlardan birida fermerlarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgani aks etgan audio tarqaldi.

Audiodan ma’lum bo‘lishicha, hokim bajarilmagan ishlarni ham “bajarildi” deb hisobot berib kelgan bo‘lishi mumkin.
“Nega chaqirganimda yonimga kelmading...(haqorat qiladi), nimaga chaqirgan edim seni?” deya qayta-qayta so‘raydi hokim ekani aytilayotgan shaxs.

“Bajaraman dedim-ku”, deydi bunga javoban so‘roq qilingan odam.

“Senga “vlast” berib qo‘yibman. “Melisa”ni chaqir, “uchaskovoy”ni, yana bir ...(so‘kadi) chaqir... Nimaga chaqirmading? Hezalakmisan?

Bug‘doy qani? Bajarmasang ...(tahdid qiladi). Bajarmaganingni bajartirib (qog‘ozda – tahr), bo‘ynimga olib turibman. Hezalaklar! Men bo‘ynimga olib 105 foiz qilinglar, dedim. Yaxshi gapni tushunmaydigan to‘ng‘iz...”, deydi og‘ir haqoratlar bilan u.

Audioni tarqatgan Telegram'dagi TentakMinds kanali Yangibozor tuman hokimi taniqli amaldorlardan bo‘lmish Qahramon Quronboyevning qarindoshi ekaniga urg‘u beradi.

“Undan hamma qo‘rqadi, chunki uning ukasi Qahramon Quronboyev Qo‘chqarovich – prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari. Ha, familiyalar sal o‘zgargani bilan ota ismi va yuzlardagi o‘xshashlik sotib qo‘yadi”, – deya yozadi bloger.

Yangibozor tumani hokimligi axborot xizmati Kun.uz'ga bu audioyozuv izohsiz qoldirilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi barcha tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholab chiqqan, 205 nafar hokim joy olgan ushbu reytingda Yangibozor tumani hokimi O‘ktam Qurbonov 2-o‘rinni olgandi.

Ma’lumot uchun, O‘ktam Qurbonov Yangibozor tumaniga 2020 yil mart oyida hokim etib tayinlangan.

U 2018 yildan 2020 yilgacha Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yurgan.

O‘zbekistonda hokimlarning fermerlarni tahqirlashi va haqoratlashi holatlari tez-tez ro‘y berib turadi. Shu bilan birga, fermerlarning mahalliy hokimliklarga qaramligi saqlanib qolayotgani tanqidlarga sabab bo‘ladi.

2021 yil yozida Adliya vazirligi o‘tkazgan o‘rganishlarda butun respublika bo‘ylab fermerlarning huquqlari oyoqosti qilinayotgani tasdiqlangan edi.

So‘rovda qatnashgan minglab fermerlar pullari vaqtida to‘lab berilmayotganini aytgan. Shuningdek, hokimlar fermerlar faoliyatiga doimiy ravishda aralashayotgani, ularning mahsulotlari bitim tuzmasdan olib ketilayotgani, ko‘plab hollarda shartnomalar to‘ldirilmagan (bo‘sh) holatda imzolatib olinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?