Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Bugun, 14 dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdan tashqari Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. SSV matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, yig‘ilish o‘ta keskin ruhda kechib, tizimda har bir yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil etilgan.
«Ta’kidlanganidek, keyingi paytlarda xalqimizning tibbiyot sohasidan norozi ekanligi haqida Sog‘liqni saqlash vazirligiga juda ko‘p shikoyatlar kelmoqda. Chunki tizimda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘p. Ayniqsa, aksariyat hududlarda tibbiy xizmat sifati hanuz talab darajasida emas.
Sohada byurokratik to‘siqlar va korrupsion holatlar, afsuski, saqlanib turibdi. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda mutasaddilar hamda jamoatchilik vakillari bilan muloqotlarda bu haqda qayta-qayta to‘xtalib o‘tmoqda.
Masalan, joriy yilning o‘tgan 11 oyida Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelib tushgan jami murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 12 mingtaga ko‘payib, 57 600tani tashkil etgan. Ularning eng katta qismini sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi.
Eng achinarlisi, aholi ko‘p hollarda joylarning o‘zida hal bo‘lishi mumkin bo‘lgan oddiy masalalar uchun ham prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari, bosh vazirning virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura va boshqa mas’ul idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.
Yurtdoshlarimiz o‘rtasida ayrim kasalliklar ko‘rsatkichlari yil sayin oshib borayotgani ham achinarlidir. Xususan, so‘nggi besh yilda yurak-qon tomir xastaliklariga chalinish holatlari 20 foizga ko‘paygan.
Qolaversa, bitta tumanda kamida 10-15ta laboratoriya bo‘lgani bilan qonni tahlil qilishga sharoit va mutaxassislar malakasi yetishmasligi oqibatida diabetning og‘ir asoratlari – ko‘z, buyrak va to‘piq kasalliklari bo‘yicha respublika muassasalariga murojaatlar 10 foizga oshgan.
Tibbiyotda davlat xususiy sherikchilik munosabatlari, tibbiy sug‘urta, litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish, sohani raqamlashtirish yo‘nalishlarida ishlar yetarli darajada tashkil qilinmangani tufayli ko‘zlangan natijalarga erishilmayapti.
Bularning barchasi sog‘liqni saqlash sohasi boshqaruv tizimida bugungi zamon talablariga mos, yangicha fikrlovchi, tashabbuskor, muammoli masalalar yechimiga professional va kreativ yondashadigan kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining o‘z faoliyatida natija bermagan 40 foiz xodimlari vazifasidan ozod etildi va ularga quyi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi», deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik doirasida boshlangan kadrlarni yangilash islohoti kelgusida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, umuman, mamlakatimizdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarini qamrab olishi ko‘zda tutilgan. Mazkur jarayonda aholidan kelib tushayotgan e’tiroz va shikoyatlar asosiy mezon bo‘ladi.
Yig‘ilishda ushbu masala atroflicha muhokama etilib, buning uchun vazirlik qoshida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘rganish, ularga oqilona yechim topish maqsadida alohida guruh tuzilgani qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi