1 887
Denovdagi portlashga bino ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuri sabab bo‘lgani aytildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Denovdagi savdo markazi ostidan tuman hokimligi binosi qozonxonasiga o‘rta bosimli gaz quvuri o‘tgan va undan sizib chiqqan gaz portlashga sabab bo‘lgan. Bu haqda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori M.Mansurov viloyat hokimligida o‘tkazilgan muhokamada ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 14 dekabr kuni viloyat hokimligida Denovdagi “Indenim” savdo majmuasida sodir bo‘lgan portlash sabablari muhokama qilingan. Majlisda qatnashgan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori M.Mansurov holat bo‘yicha izoh bergan.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Uning aytishicha, hodisa ro‘y bergan joyda Hukumat komissiyasi bilan birga besh kun davomida “Hududgazta’minot” AJ rahbariyati hamda gaz ta’minoti sohasi mutaxassislari, maxsus texnika va asbob-uskunalarni jalb qilgan holda, o‘rganish o‘tkazgan. Tekshiruvlarda 2013 yilda qurilgan savdo majmuasining ostidan Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan ta’minlaydigan yerosti o‘rta bosimli gaz quvuri o‘tkazilgani aniqlangan.
M.Mansurovning qo‘shimcha qilishicha, amaldagi qurilish normalariga ko‘ra, inshootning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun binolar o‘rta bosimli gaz quvurining xavfsizlik zonasini hisobga olgan holda qurilishi lozim. Denovdagi savdo majmuasini qurishda bunga e’tibor berilmagan.
Savdo majmuasi gaz quvurining aynan o‘zida qurilgani sababli yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekshirish uchun kirish yo‘li bo‘lmagan. O‘tkazilgan tekshiruvlarda majmua ostida hosil bo‘lgan daydi toklar metall quvurlarning tashqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib kelgani aniqlangan. Bu esa o‘z navbatida gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasi chaqnashiga sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 7 dekabr kuni Denov shahridagi savdo markazida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Oqibatida 9 kishi jarohatlangan, ikki kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, kuchli portlash sababli savdo majmuasi atrofidagi 65ta xonadon va yana bir qator ijtimoiy ob’ektlar turli darajada zararlangan. Shundan 6ta uyning devorlari yorilib, ular yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelgan. Portlashdan ikki kun o‘tib, vayron bo‘lgan savdo majmuasi buzib tashlangan.
E’tiborlisi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Masaliyev “Indenim” savdo majmuasidagi portlashga “gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq chaqnash” sabab bo‘lgani hozircha dastlabki taxmin ekani, portlash sabablarini o‘rganish uchun o‘ndan ziyod ekspertiza tayinlangani ushbu ekspertizalarning natijalari tayyor bo‘lganidan so‘ng jamoatchilikka bu haqda ma’lumot berilishini ta’kidlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi