3 438
Buxoro va Xiva shaharlari o‘rtasida tezyurar Afrosiyob poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston g‘arbidagi yirik shahar markazlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temiryo‘l liniyasini elektrlashtirish, temiryo‘l xizmatlarini yaxshilash hamda mintaqada savdo va turizmni rivojlantirish uchun 162 million dollarlik kredit ajratilishini ma’qulladi.
Loyihaning amalga oshirilishi natijasida Buxoro va Xiva shaharlari o‘rtasida 250 kilometr tezlikda harakatlanuvchi tezyurar Afrosiyob poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali Buxoro va Xiva o‘rtasidagi qatnov vaqtini ikki soatgacha qisqartirish, Toshkentdan Xivaga yetti soatda yetib borish imkoniyatini yaratish reja qilinmoqda.
«Ishonchli va xavfsiz transport infratuzilmasi iqtisodiy o‘sishning asosiy omili hisoblanadi, ayniqsa dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston kabi mamlakatlarda. Yangi loyiha Xorazm viloyatini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydigan iqtisodiy yo‘lak yaratishga, pandemiyadan keyingi turizmni tiklashga yordam beradi va O‘zbekistonning mintaqaviy tranzit markazi sifatidagi rolini yanada mustahkamlaydi», – deya ta’kidlagan OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.
Ushbu loyiha Xitoyni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‘laydigan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik koridorining bir qismi ekani ham aytilgan.
«Buxoro-Xiva» temiryo‘l liniyasi elektrlashtirilgach, yillik yo‘lovchi tashish hajmi joriy yildagi 280 ming kishidan 2026 yilga borib 1 million kishigacha oshirilishi, yuk tashish hajmi esa yiliga jami 11,8 million tonnaga yetishi prognoz qilingan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumatining Osiyo infratuzilma investitsiyalar bankiga 108 million dollar miqdorida kredit so‘rab qilgan murojaati ham bank kengashi tomonidan ma’qullangan.
Shuningdek, OTB temiryo‘l boshqaruvi bo‘yicha talaba qizlarni o‘qitish kabi gender tengligiga qaratilgan tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ham 300 ming dollar miqdoridagi texnik yordam grantini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, Osiyo taraqqiyot banki 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga 68 davlat a’zo hisoblanadi. Ushbu bankka O‘zbekiston 1995 yilda a’zo bo‘lib kirgan va shundan beri 10 milliard dollardan ortiq kreditlar, grantlar va texnik yordam ajratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi