41 yoshli stomatolog Jamol Odilov O‘zbekistondan Moskvaga ko‘chib o‘tgan, u 18 yil davomida biror bir jiddiy xatolarsiz mijozlarining tishlarini davolagan.
Rossiyalik kinoprodyuser bir kun oldin unga qo‘yilgan tish plombasi tufayli janjal chiqaradi va kutilmaganda shifokorning ko‘kragiga pichoq sanchadi.
59 yoshli kinoprodyuser Murad Oganesyan stomatologiya klinikasida uyushtirgan qonli hujumdan keyin beshinchi kuni kasalxonada jabrlanuvchining joni uzildi. Marhum stomatolog Jamol Odilov endigina 41 yoshda edi. Murad Oganesyan uning doimiy mijozi bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgandan so‘ng, aybdor qochib ketgan. Shifokor esa kasalxonaga yotqizilgan.
– U komada kasalxonaga olib kelingandi. To‘rt kundan keyin uning yuragi to‘xtadi. U hushiga kelmay vafot etdi, – dedi huquq-tartibot idoralaridagi manba.
Jamol Odilov ushbu xususiy klinikada uch yildan ortiq stomatolog bo‘lib ishlagan. U Toshkent tibbiyot akademiyasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Marhum oilali bo‘lgan, farzandlari bor.
Kinoprodyuser Murad Oganesyan hibsga olingan. U o‘z aybiga iqror bo‘lgan va qilmishini o‘zini nazorat qila olmagani bilan izohlangan. Uning advokatlari sudga ayblanuvchida jiddiy ruhiy kasallik borligi to‘g‘risida ma’lumotnoma kiritishgan. Yaqin orada u statsionar psixiatrik tekshiruvdan o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar