date
views 1 534

Toshkent viloyati mansabdori katta pul bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati mansabdori katta pul bilan qo‘lga tushdi
Toshkent viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi xodimi va Toshkent shahridagi MCHJning norasmiy egasi o‘zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi 13,7 gektarlik unumdor yer maydonini 3,4 mln. dollarga sotishga kelishib olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan puldan 500 ming dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanalidagi reportajda aytilgan.

Shuningdek, DXXning tezkor tadbirlari davomida Sirdaryo viloyatida ham yer sotish bilan bog‘liq yana 3 ta firibgarlik holati aniqlangan. Bu holatlarda davlat mansabdorlari 70 ming, 19 ming va 14 ming dollarga yer olib berishni va’da qilib, bo‘nak pullarini olayotganda qo‘lga tushishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati mansabdori katta pul bilan qo‘lga tushdi