18:24 / 22.12.2021
1 415

Toshkentga 2022 yilda 300 ta elektrobus olib kelinishi kutilmoqda

Toshkentga 2022 yilda 300 ta elektrobus olib kelinishi kutilmoqda
Transport vazirligi «Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlanuvchi konsepsiyaga muvofiq, «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati korxonalari harakat tarkibini 2022—2025 yillarda 1 043 dona, shu jumladan, 190 dona katta sig‘imli (12 metrli) siqilgan tabiiy gazda, 200 dona o‘rta sig‘imli (8,5—9 metrli) dizel yoqilg‘isida, 600 dona katta sig‘imli (12 metrli) va 53 dona o‘ta katta sig‘imli (18 metrli) elektr quvvatida ishlaydigan avtobuslarni xarid qilish yo‘li bilan yangilash dasturini amalga oshirish belgilangan.

Dasturda «Toshshahartransxizmat» AJ tizimidagi korxonalar harakat tarkibi tizimli ravishda yangilanishi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, 2022 yilda 590 dona avtobus xarid qilish ko‘zda tutilgan. Ushbu avtobuslarning 300 tasi katta sig‘imli (12 metrli) elektrobuslar hisoblanadi. Xaridlar uchun mablag‘lar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari, davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar va davlat-xususiy sherikchiligi asosida xususiy investorlar hisobidan ajratiladi.

Shuningdek, dasturga ko‘ra, 2023 yilda yana 53 dona o‘ta katta sig‘imli elektrobus (18 metrli), 2024—2025 yillarda 100 donadan elektrobuslar xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va «Belkommunmash» rahbari Vladimir Korol o‘rtasida 2018 yil sentabrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Belarus elektrobuslaridan birini Toshkentda sinab ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. 450 ming dollarga xarid qilingan birinchi elektrobus Toshkentda 2019 yilning 13 sentabridan harakatlanishni boshlagandi. 2020 yilning mart oyidan boshlab esa Toshkentning 52-avtobus yo‘nalishi (Beshyog‘och—Yunusobod) bo‘ylab Xitoyning Yutong elektrobusi sinov tariqasida qatnay boshlagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentga 2022 yilda 300 ta elektrobus olib kelinishi kutilmoqda