Foto: Marie Claire
Marie Claire nashri kam vaqt ichida uyni samarali tartibga keltirish bilan bog‘liq tavsiyalarni e’tiboringizga havola qiladi.
Ishni vannadan boshlang
Aynan vannada kimyoviy moddalar bisyor ekani sabab ham tozalashni vannadan boshlash tavsiya qilinadi. Vanna va rakovina yuzasidagi barcha ortiqcha buyumlarni olib tashlang, shkaf ichi yoki qutiga joylasangiz, yana yaxshi. Tozalovchi vosita surtib qo‘ying. Ungacha boshqa ishlarni bajarib turing. 10 daqiqadan keyin iliq suv va gubka bilan yuvib tozalang. Ish orasida sochiqlarni kir yuvadigan mashinaga soling.
Oshxonaga o‘ting
Oshxonadagi idishlarni yuvish uchun rakovinaga maxsus idish yuvadigan vosita qo‘shing. Idishlarni suvga solib, ivitib qo‘ying. Keyin esa toza suvda yuvib tashlang.
Xonadoningizni suratga oling
Xonani tartibga keltirish uchun bor-yo‘g‘i 30 daqiqangiz bo‘lsa, ishni suratga olishdan boshlang. Gap shundaki, fotoda birinchi navbatda nimani yig‘ishtirish kerakligi ko‘zga tashlanadi. Shunga qarab tez-tez harakat qilishni boshlang.
Chiqindi paketlaridan foydalaning
Har bir xonaga alohida paket qo‘ying va keraksiz buyum, chiqindilarni solib chiqing. Ulardan qutilgandan keyin xonangiz qanchalik tartibga kelganiga guvoh bo‘lasiz. Kir kiyimlarni ham yo‘l-yo‘lakay yig‘ib chiqing va kir yuvadigan mashinaga soling.
Karavotni tartibga keltiring
Choyshablarni almashtirib, yangisini soling. Yostiqlarni qoqing va o‘rinni tartibga keltiring.
Poldan hamma narsani oling
Changlarni artib bo‘lgandan keyin polda turgan narsalarni olib, tagi bilan yaxshilab arting. Ular qurigunicha polni artishni ham unutmang.
Uy hayvonlari bo‘lsa
Uyda hayvon boqadigan bo‘lsangiz, birinchi navbatda gilam ustini changyutkich bilan tozalab chiqing.
Changyutkichning barcha «nasadka»laridan foydalaning
Pol, eshiklarning chetida to‘planib qolgan changlardan qutulish uchun changyutkichning barcha «nasadka»laridan foydalaning. Vaqtni tejash uchun yuzalarni toza latta bilan artib, qolgan qismlarda changyutkichdan foydalaning.
Ko‘zgu va boshqa shishalarning yuzasini artib chiqing
Qanchalik tartibli bo‘lmasin, xira bo‘lib turgan ko‘zgu hammasini befoyda qilib ko‘rsatadi. Maxsus vosita yordamida artilgan ko‘zguda aksingiz ham chiroyli ko‘rinishi aniq. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)