Foto: Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi
Qoraqalpog‘istonda tabiiy ko‘ldan noqonuniy ravishda 211 dona baliqni ushlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, reyd davomida Amudaryo tumanida yashovchi fuqarolar Sh.Yu. va S.Ye., A.S. tomonidan Ellikqal’a tumani «Uchqo‘rg‘oq» OFY hududida joylashgan tabiiy ko‘ldan noqonuniy ravishda 86 dona ilonbaliq va 75 dona zag‘orabaliq, 48 dona qizilqanot, 2 dona sudak baliqlarini 10 ta leskali to‘r bilan ovlab kelayotgan vaqtida ushlangan.
O‘rganishlar davomida tabiatga 33,7 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 20 dekabr kuni Qashqadaryoda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Mirishkor tumani «Oqmachit» MFYda yashovchi fuqaro U.Ya. va boshqalar elektr toki («elektroudochka») yordamida noqonuniy baliq ushlagani ma’lum bo‘lgan. Ular jami 385 dona — 1 dona zog‘orabaliq, 1 dona sudak, 75 dona «lesh», 200 dona karas baliqlari va 108 dona «Qizil kitob»ga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdoriga o‘xshash baliqlarni ovlagani aniqlangan.
Foto: Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati
Holat bo‘yicha Mirishkor tumani fuqaro U.Ya. va uning sheriklaridan 1 dona rezina qayiq, 1 dona akkumlyator, 2 dona elektr qarmoq, 3 metr tok uzaytirgich sim, 1 dona nasos, 4 ta qo‘lda yasalgan eshkak, 1 ta sim o‘ralgan yog‘och ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
«Qizil kitob»ga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori (shimbaliq) turiga mansub yoki mansub emasligi yuzasidan mutaxassis xulosasini olish uchun Fanlar akademiyasining Zoologiya institutiga aloqa xati orqali namuna yuborilgan.
Zoologiya institutining xulosasi olingandan keyin barcha noqonuniy ovlangan baliqlarga belgilangan tartib asosida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanadi va qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga to‘plangan hujjatlar taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi