Foto: IIB axborot xizmati
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Musurmonov 11 dekabr kuni vazir Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatida olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Foto: IIB axborot xizmati
“Ishchi guruh tomonidan joylarda aniqlangan muammoli masalalar hamda tezkor tadbirlarning amaliy natijalari viloyat va tuman-shahar ichki ishlar organlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda tanqidiy muhokama qilingan. Yig‘ilishda xizmat faoliyatida jiddiy kamchilikka yo‘l qo‘ygan 28 nafar rahbar va xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Jumladan, 2 nafar xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi, 14 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 1 nafari lovozim maoshining 30 foizi miqdorda jarima, 3 nafariga “Qattiq hayfsan”, 2 nafariga “Hayfsan” berildi va yana 6 nafariga boshqa choralar ko‘rildi. Aksincha, o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashgan, namunali xizmat qilib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan 31 nafar xodim rag‘batlantirildi”, — deyiladi viloyat IIB rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda.
Biroq xabarda ichki ishlar tizimidan bo‘shatilgan ikki nafar va lavozimidan ozod etilgan 14 nafar xodimning shaxsi ochiqlanmagan. Lavozimidan ozod qilingan 14 nafar xodimning biri Sho‘rchi tumani IIB boshlig‘i Shavkat Musurmonov ekanini viloyat IIB axborot xizmati rahbari Farhod Toshboyev Kun.uz’ga tasdiqladi. Uning aytishicha, Musurmonov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish bilan bog‘liq topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatilgan.
Foto: IIB axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB bo‘lim boshlig‘i sifatida xizmat qilib kelayotgan podpolkovnik Davron Kenjayev Sho‘rchi tumani IIB boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. U 2016–2018 yillarda ham Sho‘rchi tumani IIB boshlig‘i bo‘lib xizmat qilgan. Kenjayev 2018 yili Sherobod tumani IIB rahbarligiga o‘tkazilishi ortidan Shavkat Musurmonov uning o‘rnini egallagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi