21:30 / 23.12.2021
1 594

Ayol kishiga qo‘l ko‘targan «voyenkom» suvdan (deyarli) quruq chiqdi

Ayol kishiga qo‘l ko‘targan «voyenkom» suvdan (deyarli) quruq chiqdi
Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Fayoz Sirochevga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi. Bu haqda Harbiy prokuratura matbuot kotibi Sherzod Hayitov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Fayoz Sirochevga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan. Uning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmagani sababli 16 noyabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilib, unga nisbatan intizomiy javobgarlikka oid ish ochilgan. Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni buyrug‘i bilan qattiq hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i bozorda ayol kishiga nisbatan noo‘rin xatti-harakatni amalga oshirgani aytilayotgan video tarqalgandi.

Keyinroq Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va Harbiy prokuratura mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagani haqida xabar bergan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol kishiga qo‘l ko‘targan «voyenkom» suvdan (deyarli) quruq chiqdi