1 037
Sobiq xotinini «sharmanda qilish» bilan qo‘rqitib undan 5000 AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi
2021 yil 20 dekabr kuni Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga 23 yoshli B.M. ariza bilan murojaat qiladi.
Unda sobiq turmush o‘rtog‘i, 24 yoshli Y.F. uning shaxsiga oid ma’lumotlarni va ekspertiza hujjatlarini o‘qish va ish joyi hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, ushbu ma’lumotlarni oshkor qilmaslik evaziga 5000 AQSH dollar pul mablag‘larini talab qilib kelayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Y.F. Qarshi shahridagi «Yashil bozor» savdo do‘koni yonida fuqaro B.M.dan talab qilgan 5000 AQSH dollaridan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Y.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi