
Foto: RIA Novosti
“Transchegaraviy pul o‘tkazmalarini ta’minlash bo‘yicha to‘lov tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Xorijdan O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (O‘zmilliybank) negizida “Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari” to‘lov tizimi tashkil etiladi.
To‘lov tizimi bir qator apparat va dasturiy-texnik vositalarni o‘zida mujassam qilgan tizimli platforma bo‘lib, uning ishtirokchilari (kredit tashkilotlari) uchun vakillik hisobvaraqlari orqali transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
“Aziya – Invest Bank” AJ (Moskva shahri) ushbu to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasidagi hisob-kitob banklaridan biri hisoblanadi.
Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ishga joylashish bo‘yicha xarajatlarini qoplash maqsadida kreditlar ajratish loyihasi ishlab chiqiladi.
Transchegaraviy PulO‘zbekiston RespublikasiTashqi Iqtisodiy FaoliyatYagona TranschegaraviyTo‘lov TizimiKredit Tashkilotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar