
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyatida yuk mashinasi to‘liq yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 dekabr kuni soat 8:55 larda Qarshi shahar FVBga Qarshi-G‘uzor avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yuk mashinasi yonayotgani haqida xabar tushgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga soat 9:05 larda Qarshi shahar FVBdan 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yetib borgan. Soat 09:30 larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida Chiroqchi tumani To‘qmor qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro N.S. ga tegishli MAN rusumli yuk mashinasi to‘liq yonib ketgan.
Qayd etilishicha, yong‘inda hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Qashqadaryo ViloyatiYuk MashinasiYong‘in O‘chirishQarshi ShahriFavqulodda VaziyatVoqea Joyi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar