Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tuman sudida rashk tufayli ayoli va do‘stini pichoqlagan erkak ishi ko‘rildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 3 nafar farzandning otasi bo‘lgan 30 yoshli fuqaro M.T. uyida do‘sti J.I. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan va mast holatda unga turmush o‘rtog‘i R.ga uch yil avval taloq qo‘yib, javobini berganini aytgan. Keyinchalik er-xotin yana yarashib, ayoli bilan bir uyda yashab kelgan.
«Spirtli ichimlik ichganim sababli ayolim bilan oilaviy mojaro bo‘lib, urushib qoldim. Janjal ustida taloq qo‘yganim sababli oradan uch yil o‘tgach, bir domladan maslahat so‘radim. Domla ayolimni boshqa birovga nikohlab, u bilan uch kun yashagandan keyin va u ham taloq qo‘ygach, qayta nikohimga olib yashashim mumkinligini aytdi», — deydi M.T.
Shundan so‘ng, u do‘sti J.I.ga o‘zining xotini R. bilan nikoh o‘qitishni, uch kun o‘tgach ayolni taloq qilishini, keyin esa o‘zi qaytadan nikohiga olishini taklif qilgan.
Do‘sti bunga rozi bo‘lgan. U ayolning xonasiga kirib ketganida, mast holatda bo‘lgan M.T.ning jahli chiqib, oshxona pichog‘i bilan yotoqxonaga bostirib kirgan. Ayolni urib, chap tomon ko‘krak sohasining orqa tomoni va chap yelkasiga pichoq urgan. Do‘sti J.I.ning esa qorin hamda chap bilak sohasiga pichoq sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Sud davomida ayblanuvchi M.T. e’lon qilingan ayblovga to‘liq iqrorligini bildirgan.
Sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi