
24 dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro I.S o‘zining tanishlari bo‘lgan 1984 yilda tug‘ilgan K.M hamda 1994 yilda tug‘ilgan Q.Dlarini Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanishga olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2- qismi “b,ye” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar