00:14 / 29.12.2021
1 507

Toshkentda bir bemor 522 marta tez yordam chaqirgani ma’lum qilindi

Toshkentda bir bemor 522 marta tez yordam chaqirgani ma’lum qilindi
Tez tibbiy yordamga bo‘ladigan har bir chaqiriq qayd etib boriladi. Shunday bemorlar borki, ularning kimligi va qanday kasallik bezovta qilayotganligi yod bo‘lib ketgan kishiga.

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ayol 522 marotaba tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. 60 ga yaqin mavjud operatorlarning barchasi bu ayolni tanib qolishgan. Sababi u har kuni 2-3 bor chaqiriqni amalga oshiradi.

Ba’zi bemorlarga tez tibbiy yordam muhim holatlardagina chaqirilishi kerakligini tushuntirsangiz, ular bizning faoliyatimizdan norozi bo‘lishadi
”, – dedi Nasiba Mahmudova 28 dekabr kungi press-turda.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimovning so‘zlariga ko‘ra, yangi yilda tez tibbiy yordamga chaqiriqlar soni keskin oshadi.

Doniyor Alimov
Hech kimga sir emaski, Yangi yilda tez tibbiyga chaqiriqlar soni keskin oshadi. Ular asosan ikki holatda: pirotexnika vositalaridan kuyish hamda intoksikatsiya, ya’ni ko‘p ovqat iste’mol qilish natijasida organizmning hazm tizimida muammolar yuzaga kelishi (bo‘kib qolish) natijasida kelib chiqadi.

Shunga mos ravishda poytaxtda bosh markaz, hududlarda 13 ta markazlar hamda 180 ta sub markazlar ishga shay holatda turadi va kun-u tun faoliyat ko‘rsatadi.

O‘t pufagi va oshqozon-ichak tizimida muammosi bor bemorlar bayram kunlari taomlanish rejimiga amal qilishlari va ortiqcha ovqatlanishdan ehtiyot bo‘lishlari lozim
”, – deydi shifokor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir bemor 522 marta tez yordam chaqirgani ma’lum qilindi