Toshkentning Yunusobodida bir bog‘cha bor. Bog‘cha bo‘lgandayam, oddiy bog‘cha emas. U yerda eshitishida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanadi. O‘sha bog‘chaga uzoq Norvegiyadan sovg‘a keladigan bo‘lib qoldi.
Bolalar bog‘chasi Vasiylik kengashi raisi Galiya Yafarovaning Azon.uz muxbiriga aytishicha, chet eldan yuborilgan qutini olish uchun Qushbegi mavzesidagi pochta bo‘limiga borgan. Sovg‘a solingan qutini olar-olmas bog‘chaga shoshilgan ayol qutining teshilgani, ustidan skotchlab qo‘yilganini payqamagan.
Quti bog‘chada ochilganida, kolgotka solingan bir xalta yo‘qligi, jami 55 ta bo‘lishi lozim bo‘lgan kolgotkalardan 22 tasi yo‘qligi aniqlangan.
Bundan ranjigan ota-onalar, homiylar va bog‘cha xodimlari Bosh pochta bo‘limiga murojaat qilishgan. Ular vaziyatni o‘rganib chiqishlarini ma’lum qilgan.
“O‘zbekiston pochtasi” posilkaning ko‘rsatilgan vaznga mos kelganini, ichidagi narsalar sanoq tartibi bilan berilmaganini bildirgan.
“Mening oldimga hozirgina bosh pochta, xalqaro pochta, aeroport vakillari kelishdi. Biz ular bilan kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlarni olib keldik, ularda posilkaning aeroportdan bosh pochta bo‘limigacha bo‘lgan barcha yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Bosh pochta bo‘limi videoni ko‘rsatmadi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, paket ularga kelganda o‘ralgan holda bo‘lgan.
Bugun ular jim. Kecha turklar aybdor deyishgandi. Men ulardagi video va fotosuratlarni ko‘rmadim. Ular yo‘qolgan narsalarning narxini qoplashni taklif qilishdi. Men rad etdim, chunki gap yo‘qolgan kolgotkalarda emas, balki nuqsonli bolalarga mo‘ljallangan sovg‘alarning yo‘qolishida.
Ularning aytishicha, posilka shikastlangan holda kelgan. Xalqaro pochta posilka tortilib, yirtilgan joylarga qizil skotch o‘ralgan holatlar tushirilgan videoni taqdim etdi.
Paket kelganda ho‘l edi. Ya’ni quti nam bo‘lgani uchun ular aytayotganidek, og‘irligi mos kelgan bo‘lishi mumkin”, – deydi Galiya Yafarova.
Nogiron bolalarga atalgan narsalarni o‘g‘irlash kimga kerak bo‘lib qoldi? Birovning haqqi bo‘lgan kiyimni aziz farzandiga kiydirishga kimning haddi sig‘ar ekan?.. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”