
2021 yilning 14 noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi D.D. Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Shu kunga o‘tar kechasi noma’lum shaxs «Sardoba» bozorida joylashgan savdo do‘konining tashqarisidagi umumiy narxi 5 775 000 so‘mlik o‘simlik yog‘larni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida gumondor A.A. qo‘lga olingan. Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar