
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Bosh konsulxonalari ushbu mamlakat hududidagi O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan, talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Tashqi ishlar vazirligining xabariga ko‘ra, Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalar odatdagi tartibda ishlayapti. Zarur holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shu bilan birga, Qozog‘istonning ayrim hududlarida favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan mazkur mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishlari so‘ralgan.
Zarurat tug‘ilganda, hamyurtlarimiz istalgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon: +77710203673), Olma-ota (telefon: +77779504433) va Aqtau (telefon: +77775990051) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar