
O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov maktabgacha ta’lim vazirining maslahatchisi etib tayinlandi, bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘iga ko‘ra, Jenisbek Piyazov madaniyat va san’atni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida maslahatchi etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning avgustida Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, Jenisbek Piyazovga «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar