11:56 / 08.01.2022
1 810

Toshkentda «Malibu»ni to‘xtatishda qurol ishlatildi

Toshkentda «Malibu»ni to‘xtatishda qurol ishlatildi
Foto: IIV
Joriy yilning 7 yanvar kuni, soat taxminan 15.00larda Toshkent shahrining Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi bo‘ylab 1976 yilda tug‘ilgan, kuchli darajadagi mast holatida bo‘lgan, fuqaro A.A. boshqaruvidagi «Malibu» avtotransporti, shu yerda xizmat o‘tayotgan YHX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zgalarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solgan holda qochishga uringan.

IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, xodimlar, haydovchining noqonuniy harakatlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarni oldini olish maqsadida, belgilangan tartibda o‘q-otar qurolini qo‘llaganlar.

Natijada avtotransport vositasi majburiy to‘xtatilib, haydovchi zararsizlantirilgan. Qurol qo‘llanilishi natijasida hech kim jarohatlanmagan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Malibu»ni to‘xtatishda qurol ishlatildi