
Maktab darsliklarini yangilash uchun davlat tomonidan 600 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Bu 2022–2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida umumta’lim maktablari darsliklarini yangilash dasturini amalga oshirish uchun davlat tomonidan 605 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Qayd etilishicha, 2026 yil oxirigacha O‘zbekistonda 141 mingta yangi o‘quvchilar o‘rni yaratilib, ularning soni 1,2 millionga yetkaziladi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda kasb-hunar o‘rganish istagini bildirgan umumta’lim maktablari bitiruvchilariga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish tizimi joriy etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar