
Namangan viloyatida xotini bilan gaplashgan yigitdan 7 million so‘m talab qilgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, 2022 yil 4 yanvar kuni Chortoq tumani «Beshkapa» MFYda yashovchi 27 yoshli I.A. Namangan viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Unda aytilishicha, I.A. 2021 yil noyabr oyida Chortoq tumanida 20 yoshli A.D. (ayol) bilan tanishib, telefon orqali gaplashib yurganini, 2021 yil 30 dekabr kuni esa Chortoq tumani «Baynalmilal» MFYda yashovchi 29 yoshli A.M. unga qo‘ng‘iroq qilib, u gaplashib yurgan qiz uning shar’iy nikohdagi xotini ekanini aytgan.
Shu kuni A.M. 3 nafar tanishi bilan birgalikda I.A. bilan ko‘rishib, 7 mln so‘m talab qilib, pullarni bermasa mahallasiga borib, sharmanda qilib, keyin o‘ldirish bilan qo‘rqitib kelayotganini ma’lum qilgan.

Shu kunning o‘zida, mazkur ariza yuzasidan Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, A.M. Chortoq tumani markazida o‘zining tanishi orqali kimyoviy ishlov berilgan 5 million 100 ming so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar