
Ijtimoiy tarmoqlarda «Bu nima ahvol, endi maskalilar xalqni uradimi?» sarlavhali videolavha tarqaldi. Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
7 yanvar kuni Qiziltepa tumani To‘dako‘l suv havzasidagi baliqchilik bazasida yuzlariga niqob taqqan holda qo‘llariga rezina tayoqlar bilan xizmat olib borayotgan nazoratchi inspektorlar hamda To‘dako‘l suv havzasida baliq ovlash bilan shug‘ullanib keluvchi ovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Ushbu kelishmovchilik nazoratchi inspektorlar ovchilarni ichkariga kirishlari uchun pasport nusxasi talab qilgani va baliqchilar norozi bo‘lib, ushbu yollanma ishchilarning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilib, jamoat tartibini buzganligi sabab yuz bergani aniqlandi, deyiladi Navoiy viloyati IIB xabarida.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozim qora rangli liboslar kiyib yuzlariga niqob taqqan holda qo‘llariga rezina tayoqlar bilan xizmat olib borayotgan nazoratchi inspektorlar shartnoma asosidagi yollanma fuqarolar, Ichki ishlar xodimi emas.
Ularning egnidagi libosi, vazirlik shevroni hamda rezina tayoqlarni qayerdan olganligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
MJtKning 209-1-moddasiga ko‘ra Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurganlik uchun qonunda javobgarlik belgilangan.
Navoiy ViloyatiIchki IshlarTuman To‘dako‘lBaliqchilik BazaNazoratchi InspektorlarJamoat Tartibi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar