18:17 / 09.01.2022
1 903

O‘zbekistonda «omikron» shtammi aniqlangani sabab 15 yanvardan turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi

O‘zbekistonda «omikron» shtammi aniqlangani sabab 15 yanvardan turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi
O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» shtammi aniqlangani munosabati bilan 15 yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 15 yanvardan boshlab xorijiy davlatlardan mamlakatga tashrif buyuruvchilar kelishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichli ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumotnoma bo‘lmaganda, aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishi shart.

Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadlarini ko‘zda tutib, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19 ning yangi «omikron» shtammi joriy yilning 7 yanvar kuni aniqlangan. Shu sababli barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. Vazirlik va idora rahbarlari, tashkiliy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda «omikron» shtammi aniqlangani sabab 15 yanvardan turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi