11:00 / 10.01.2022
1 020

Ahvol jiddiylashmoqda: Kecha 400ga yaqin bemor aniqlandi

Ahvol jiddiylashmoqda: Kecha 400ga yaqin bemor aniqlandi
2022 yil 9 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200730 (+389) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
18 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
21 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
7 nafari Namangan viloyatida,
44 nafari Samarqand viloyatida,
5 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
11 nafari Farg‘ona viloyatida,
25 nafari Xorazm viloyatida,
51 nafari Toshkent viloyatida,
193 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1497 nafarni tashkil qildi.
Ta’kidlash joizki, 9 yanvar kuni O‘zbekistonda ilk bor omikron shtammi bilan kasallanish qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ahvol jiddiylashmoqda: Kecha 400ga yaqin bemor aniqlandi