
Foto: Uzbekistan Airways
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi omikron kirib kelishi munosabati bilan 9 yanvar kuni navbatdagi cheklov choralarini e’lon qilgandi.
Unga ko‘ra, 15 yanvardan:
- Xorijdan kirib keluvchilar (avtomobil harakati bundan mustasno) manfiy natija bergan PSR-test to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishi kerak (kamida 48 soat oldin olingan).
- Agar PSR-test bo‘lmasa, aeroport/vokzal/chegara o‘tkazish punktlarida ekspress test topshirishi shart bo‘ladi.
Shuningdek, Umra ziyoratidan qaytadigan O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoni hududida PSR- yoki ekspress-test topshiradi. Test natijalari o‘zbek tibbiyot xodimlari tomonidan olinadi. O‘zbekistonga faqat manfiy natija ko‘rsatgan holda qaytish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni Dubaydan Toshkentga kelgan reys yo‘lovchisida koronavirusning yangi shtammi aniqlangandi. So‘nggi hafta davomida mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari ortib bormoqda - so‘nggi kunda 714 kishiga tashxis qo‘yilgan (bir kun oldingi ko‘rsatkich 604ta edi).
KoronavirusO‘zbekistonXorijdan KiruvchilarPSR-TestCheklov ChoralarUmra Ziyorati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar