Samarqand viloyatida «Hizb ut-Tahrir» va «Jihodchilar» ekstremistik oqimlarining g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Foto: O‘zA
Ma’lum bo‘lishicha, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, ishtixonlik 34 yoshli R.M. «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik oqimning Qirg‘izistondagi rahnamosi bilan aloqada bo‘lgan.
Qayd etilishicha, R.M. uning ko‘rsatmasi bilan tashkilot g‘oyalarini internet orqali targ‘ib qilgan va ishga aloqador ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida olib qo‘yilgan.
Shu bilan birga, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi 32 yoshli B.J. hamda urgutlik 36 yoshli X.S. «Jihodchilar» oqimi rahnamolarining ekstremistik mazmundagi materiallarini ijtimoiy tarmoqda virtual do‘stlariga tarqatib kelgani aniqlanib, qo‘lga olindi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi