08:58 / 16.01.2022
1 323

Sud ekspertizasi bo‘yicha qanday yangiliklar joriy etiladi?

Sud ekspertizasi bo‘yicha qanday yangiliklar joriy etiladi?
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan «Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, sud ekspertizasi, ekspert-kriminalistika, sud-tibbiy ekspertizasi markazlari mas’ul xodimlari qatnashdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur qonun loyihasi bilan davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha va qayta sud ekspertizasi, shu jumladan, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalari nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan o‘tkazilishi mumkinligi mustahkamlab qo‘yilmoqda. Bu kabi omillar sud ekspertizasini o‘tkazishda tomonlar uchun muqobil sud ekspertiza tashkilotlariga murojaat qilish imkoniyatini yaratadi, nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni shakllantiradi.

Ishchi guruh yig‘ilishida qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘tarilgan savollar, berilgan takliflar asosida maromiga yetkazildi.

Xususan, qonun loyihasidagi nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tushunchasi, uning tashkiliy-huquqiy shakli hamda faoliyatiga qo‘yiladigan majburiy talablar, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining shtat birligi va rahbariga doir shartlar, davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha va qayta sud ekspertizasi kabi bir qator normalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qonun loyihasidagi ayrim kamchiliklar hamda o‘rtaga tashlangan savollarga Adliya vazirligining mas’ul xodimlari, Respublika sud ekspertizasi markazi vakillari tomonidan yetarlicha javoblar bo‘lmaganligi tufayli qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektiga uni maromiga yetkazishga doir bir nechta taklif va tavsiyalar berildi.

Qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud ekspertizasi bo‘yicha qanday yangiliklar joriy etiladi?