10:30 / 16.01.2022
1 380

Andijonda «daraxtlar qirg‘ini»: hodisa ortida viloyat hokimi turgani aytildi

Andijonda «daraxtlar qirg‘ini»: hodisa ortida viloyat hokimi turgani aytildi
OAVda Andijonda sog‘lom qarag‘aylarlar kesib tashlangani va bunga viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov buyruq bergani bo‘yicha xabar tarqaldi.

Mazkur holat bo‘yicha Andijon viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlarini o‘tkazgan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, Andijon shahar Perinatal markazi hududida 12 tup «eldor qarag‘ayi» daraxtlari moratoriy talablariga zid ravishda noqonuniy kesilganligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.02.2020 yildagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxati»ga Eldor qarag‘ayi (Pinus eldarica) juda chiroyli manzarali daraxt sifatida kiritilgan.

Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 37-moddasi 2-bandi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-46-sonli Farmonining 2-bandi talablari buzilganligi aniqlandi.

O‘rganishlar davomida kesilgan daraxtlarning diametr o‘lchamlari 12 sm dan 40 sm gacha ekanligi, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish natijasida o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi qayd etildi.

Mazkur huquqbuzarlik holati bo‘yicha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi, deyiladi Ekologiya qo‘mitasi xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda «daraxtlar qirg‘ini»: hodisa ortida viloyat hokimi turgani aytildi