Foto: Getty Images
Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar qonida Alsgeymerga chalingan odamlarnikiga qaraganda nevrologik shikastlanish bilan bog‘liq oqsillar yuqori bo‘ladi. Ushbu kashfiyot SARS-CoV-2 bosh miyaga zarar yetkazishini tasdiqlaydi, deb yozadi Hi-Tech News.
Nyu-York universiteti qoshidagi Grossman tibbiyot maktabi olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot COVID-19 bemorlarida infeksiyaga chalinmagan odamlarga qaraganda neyrodegeneratsiyaning yettita belgisi yuqori ekanini aniqladi. Batafsil tahlil shuni ko‘rsatdiki, kasalxonaga yotqizilgan COVID-19 bemorlarida ushbu belgilar darajasi Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilganlarga qaraganda tezroq ortgan.
«Natijalar shuni ko‘rsatadiki, COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar, ayniqsa o‘tkir infeksiya davomida nevrologik alomatlar paydo bo‘lgan kishilarda, Alsgeymer kasalligi bilan og‘riganlarga qaraganda miya shikastlanishining belgilari yuqori bo‘lishi mumkin», — dedi NYU Langone Health professori Jennifer A.Frontera.
O‘rtacha 71 yoshda bo‘lishiga qaramay, COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilishidan oldin kognitiv yoki aqliy pasayish alomatlari bo‘lmagan 251 bemor tadqiqotda ishtirok etgan. Keyin bu odamlar ikki guruhga — o‘tkir COVID-19 infeksiyasi paytida nevrologik alomatlar paydo bo‘lgan va paydo bo‘lmaganlar guruhiga bo‘lingan. Belgilar darajalari Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan bemorlarniki bilan taqqoslandi. Ushbu tashxis ostidagi 161 bemorning hech biri COVID-19 ga chalinmagan edi.
Test qilib ko‘rilgan uchta belgi — karboksiterminal ubikvitin gidrolaza L1 (UCHL1), umumiy taubelok va p-tau181 — hujayralar o‘limi va neyronlar inaktivatsiyasining ma’lum ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Yengil neyrofilament (NFL) polipeptid darajasi aksonlarning shikastlanishi, neyronlarning jarayonlari bilan ortadi. O‘z navbatida, kislotali fibrillar oqsili (GFAP) neyronlarni qo‘llab-quvvatlaydigan glial hujayralarga zarar yetkazish o‘lchovi hisoblanadi. Beta-amiloid esa 40 va 42 Alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda to‘planishi ma’lum bo‘lgan oqsillardir. Avvalgi tadqiqotlar umumiy tau va fosforlangan tau-181 (p-tau181) ham Alsgeymer kasalligining o‘ziga xos belgisi ekanini ko‘rsatgandi, ammo ularning bu kasallikdagi roli savol ostida qolmoqda.
«Ushbu biobelgilarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan travmatik miya shikastlanishi, keyinchalik Alsgeymer kasalligi yoki shunga o‘xshash aqliy pasayish rivojlanishini anglatmaydi, lekin uning rivojlanishi xavfini oshiradi. COVID-19 ning og‘ir shakliga chalingan odamlarda bunga moyillik bor yoki yo‘qligi — bu imkon qadar tezroq javob topish kerak bo‘lgan savoldir», — dedi Langondagi Nyu York universiteti professori Tomas M.Vishnevski. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi