Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 9 yanvar kuni mast erkak qaynotasining Nexia-2 avtomashinasini olib qochib ketdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, 12-kuni tumanning «Biyosin» mahallasida yashovchi I.H. (1971 yilda tug‘ilgan) ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. U 9 yanvar kuni soat taxminan 17:00 da kuyovi A.I. (1991 yilda tug‘ilgan) yashash uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib kirgani va g‘ayriqonuniy ravishda Nexia-2 avtomashinasini olib qochib ketganini bildirgan. Qaynota kuyoviga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar davomida YPX inspektorlari 10 yanvar soat 01:25 da A.I. olib qochgan avtomashinasi Buxoro shahri hududida biror-bir hujjatsiz, spirtli ichimliklar ta’sirida boshqarib yurganida qo‘lga olgan. Unga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi