
Majburiy ijro byurosining Bog‘ot tuman bo‘limi ish yurituvida Bog‘ot tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “Bog’ot tuman yo'llardan foydalanisn” unitar korxonasidan tadbirkorlar foydasiga 1 mlrd. 797 mln. 948 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro mavjud bo‘lgan.
Mazkur ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan inkasso topshiriqnomasi qo‘yildi hamda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar hatlandi.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqalarda ko‘rsatilgan jami 1.797.948 ming so‘m qarz summasi to‘liq undirilib, tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar