
Toshkent shahar hokimligi binosida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida poytaxtda mahallabay ishlashni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Mamlakatimizda barcha sohalardagi chora-tadbirlar har bir mahallaning o‘zida tashkil etilmoqda. Toshkent shahrida ham Mahallabay ishlash agentligi boshqarmasi, 579 ta mahallada hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyat boshladi.
– Bu ikki tizim vakillari, ya’ni hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari mahalladagi islohotchi bo‘ladi. Aholi hayotini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni kasbga o‘rgatib, ishga joylashtirish masalalarida sizlardan umidimiz katta, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga qayerda qanday sohani rivojlantirish, ishsiz aholini qaysi kasblarga o‘qitish bo‘yicha har bir mahallaning iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish topshirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar