14:13 / 22.01.2022
1 294

Samarqandda nufuzli advokatlik byurosi advokati ushlandi

Samarqandda nufuzli advokatlik byurosi advokati ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari hamkorligida 20 yanvar kuni noqonuniy yer sotish holati fosh etildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Samarqand tumanida yashovchi, nufuzli advokatlik byurosi advokati «A.T.» o‘ziga ijara huquqi asosida berilgan Jomboy davlat O‘rmon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 4 gektar yer maydonini mahalliy fuqaro «U.M.»ga 30.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, ko‘rsatilgan mablag‘ning 15.000 AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda advokat «A.T.»ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda nufuzli advokatlik byurosi advokati ushlandi