2022 yilning 20 yanvar kuni Yakkabog‘ tumani «Jambul» MFYda joylashgan Qarshi shahriga qatnovchi avtomashinalar avtoturargohi yaqinida xotin-qizlar o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Surishtiruvlar davomida «Yakkabog‘ shahri-Yakkabog‘ tumani» va «Yakkabog‘ tumani- Qoramurcha qishlog‘i» yo‘nalishi Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi tomonidan tenderga qo‘yilgani aniqlandi. Tenderda fuqaro N.S.ga tegishli MCHJ g‘olib bo‘lgan.
Natijada ushbu yo‘nalishni muqaddam nazorat qilib kelgan E.N.ga tegishli MCHJ va tenderning yangi g‘olibi N.S.ga tegishli MCHJ xodimlari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, janjal ko‘tarilgan.
Holat yuzasidan hozirgi kunda Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi