20:13 / 25.01.2022
1 236

2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi

2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2021 yilda oylar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi yil davomida o‘sib borib, dekabr oyida o‘zining eng yuqori natijasini qayd etdi — 3,7 million so‘m, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Nominal hisoblangan ish haqi — ish beruvchining ma’lum bir vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar bajarilgani yoki xizmat ko‘rsatilganligi) uchun hisoblangan amaldagi qonunlarga muvofiq soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olgan naqd pul shaklida jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad.

Ma’lum qilinishicha, yilning eng past ko‘rsatkichi mos ravishda yanvar oyida kuzatilgan — 2,6 million so‘m.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilda eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida qayd etilgan — 8,2 million so‘m. Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 5,5 million so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, tashish va saqlash sohasida — 4,3 million so‘m, ta’lim sohasida — 2,3 million so‘m. Eng past o‘rtacha ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida qayd etilgan — 2,1 million so‘m.

Bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida (10,9 million so‘m), eng pasti – Surxondaryo viloyatida (5,4 million so‘m) kuzatilgan.

Ta’lim sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida (3,4 million so‘m), eng pasti Qashqadaryo viloyatida (2 million so‘m) qayd etilgan. Toshkent (2,3 million so‘m), Sirdaryo (2,3 million so‘m) viloyatlari va Toshkent shahrida (3,4 million so‘m) ish haqi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan. Boshqa hududlarda o‘rtacha oylik ish haqi nisbatan past.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent viloyatida (2,6 million so‘m), eng pasti – Qashqadaryo viloyatida (1,7 million so‘m). Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past holat yetti viloyatda kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020 yilda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 2,6 million so‘mni, 2019 yilda esa 2,3 million so‘mni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi